logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Siti» Vinisius transferiga tayyor

 28 FEVRAL, 2026, 13:30

Madridning «Real» klubi va Braziliya terma jamoasi yulduzi Vinisius Junior faoliyatini «tumanli Albion»da davom ettirishi mumkin. «Marca» nashrining xabar berishicha, hujumchini o'z safiga qo'shib olishga «Manchester Siti» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Angliya top-klubi rahbariyati braziliyalik futbolchining Madrid grandidagi holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. «Shaharliklar» ushbu transfer bo'yicha muzokaralarga kirishishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Vinisiusning ayni damdagi bozor qiymati 150 million evroga baholanmoqda. Futbolchining «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Joriy mavsumda hujumchi «Real» safida barcha turnirlarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 13 ta gol va 11 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ