logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"MYu" yakshanba kuniyoq Premer-ligada TOP 3 ga kirishi mumkin

 28 FEVRAL, 2026, 13:12

"Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida kuchli uchlikdan joy olishga juda yaqin turibdi.

Juma kuni hozirda uchinchi pog'onani egallab turgan "Aston Villa" safarda chempionat autsayderi — "Vulverxempton"ga imkoniyatni boy berdi (0:2). Shu tariqa, agar "qizil iblislar" yakshanba kuni o'z maydonida "Kristal Pelas"ni mag'lub etsa, birmingemliklarni ortda qoldirib, uchinchi o'ringa ko'tarilib oladi.

Ayni damda Maykl Kerrik jamoasi hisobida 27 ta o'yindan so'ng 48 ochko bor. "Aston Villa" esa 28 ta uchrashuvda 51 ball jamg'argan. To'plar nisbati bo'yicha mankunianliklar allaqachon raqibidan ustunlik qilmoqda (+11 ga qarshi +8).

Ta'kidlash joizki, Kerrik tayinlanganidan beri "MYu" mumkin bo'lgan 18 ochkodan 16 tasini qo'lga kiritdi — beshta g'alaba va bir durang.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ