logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappe jarohatlar bo'yicha antirekordini yangiladi

 28 FEVRAL, 2026, 13:12

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe joriy mavsumda odatdagidan ko'ra ko'proq jarohat olmoqda.

Frantsiyalik futbolchi tizzasidagi jarohati tufayli "qaymoqranglilar"ning yaqinda Chempionlar ligasi doirasida "Benfika"ga qarshi o'tkazilgan o'yinini o'tkazib yubordi. Kutilishicha, forvard yana bir necha hafta davomida maydonga tusha olmaydi. "Marca" nashrining qayd etishicha, Mbappe joriy mavsumda jarohatlar sababli jami 53 kunni o'tkazib yubordi — bu 27 yoshli futbolchi uchun shaxsiy antirekord hisoblanadi. Bundan oldingi eng yomon ko'rsatkich 2019/20 yilgi mavsumda (51 kun), Kilian "PSJ" sharafini himoya qilgan vaqtda qayd etilgan edi.

Sog'lig'idagi muammolar Mbappega raqib darvozalarini muntazam ravishda ishg'ol qilishga xalaqit bermayapti: uning hisobida barcha turnirlarda 33 ta o'yinda 38 ta gol mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ