logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Boks. Aleksandr Usik nima uchun Riko Verxovenni raqib sifatida tanlaganini tushuntirdi

 28 FEVRAL, 2026, 11:36

Og'ir vazn toifasida WBC, WBA va IBF chempioni Aleksandr Usik (24-0, 15 KO) niderlandiyalik kikbokschi Riko Verxoven bilan jang qilish uchun shartnoma imzolashga nima sabab bo'lganini gapirib berdi.

"O'z sportida cho'qqiga chiqqan insonlarni chin dildan hurmat qilaman. Riko — ana shundaylardan biri, kuchli atlet va buyuk chempion.

Chempion bo'lish — bu faqat kamarlar haqida emas. Bu yillar davomidagi og'ir mehnat, intizom va ishonch demakdir. Men uning bosib o'tgan yo'lini hurmat qilaman — u kikboksingning haqiqiy qiroli. Ammo bu boks — o'z qoidalari va o'z qirollariga ega bo'lgan boshqa o'yin.

Men tayyorman va u bilan ringda uchrashishni intiqlik bilan kutyapman. Bu ikkalamiz uchun ham noyob tajriba bo'ladi va bilamanki, muxlislar ham hayajonda. Buyuk oqshom yaqinlashmoqda", — dedi Usik.

Eslatib o'tamiz, ushbu to'qnashuv 23 may kuni Misrning Giza shahrida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ