logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mourino Madridda sovuq kutib olindi: Peres u bilan ko'rishishni istamadi

 28 FEVRAL, 2026, 11:30

"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino bir paytlar o'zi qahramon bo'lgan "Santyago Bernabeu" stadionida iliq kutib olinmadi.

Portugaliyalik mutaxassis diskvalifikatsiya sababli uchrashuvda bevosita ishtirok eta olmadi — u jamoasining Madridning "Real" klubidan uchragan mag'lubiyatini avtobusda kuzatib bordi. "Diario AS" nashrining xabariga ko'ra, "Real"da "Special One"ni ancha sovuq qarshi olishgan. Ispaniya grandi vakillari murabbiyning Lissabondagi birinchi o'yindan so'ng Vinisius Junior haqida aytgan gaplariga salbiy munosabat bildirishgan. Mutaxassis "qaymoqranglilar" muxlislari tomonidan hech qanday ehtiromga loyiq ko'rilmadi, Florentino Peres va Alvaro Arbeloa esa u bilan qisqa suhbat uchun ham uchrashishmadi.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourino "Benfika" bilan birinchi o'yinda Vinisius urgan golini nishonlashini tanqid qilgan edi. Ba'zilar bu so'zlarni braziliyalik futbolchi sha'niga aytilgan irqchilik haqoratlarini oqlash sifatida qabul qilishgan.

"Real" ikki o'yin natijasiga ko'ra "Benfika"ni 3:1 hisobida mag'lub etib, Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo'l oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ