logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Liga 1: "Lans" safarda ochko yo'qotdi va ikkinchi o'rinda qoldi

 28 FEVRAL, 2026, 05:48

"Strasbur" va "Lans" jamoalari Frantsiya chempionatining 24-turidan o'rin olgan uchrashuvda 1:1 hisobida durang o'ynashdi. O'yin Strasburdagi "Stad de la Meno" stadionida bo'lib o'tdi.

Mezbonlarning argentinalik hujumchisi Xoakin Panichelli 16-daqiqada hisobni ochdi. Mehmonlar ikkinchi bo'lim boshida javob qaytarishdi — Mamadu Sangare gol muallifiga aylandi.

"Lans" 43 ochko jamg'arib, Liga 1 turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. "Strasbur" esa 35 ochko bilan 7-pog'onada bormoqda.

Frantsiya Liga 1. 24-tur
"Strasbur" — "Lans" — 1:1
Gollar: Panichelli (18) — Sangare (62).

"Strasbur": Penders, Omobamidele, Dukure, Due, Uttara, El Murabet, Barko, Enkiso, Godo (Xoysberg, 76), Moreyra (Oyedele, 90+2), Panichelli.

"Lans": Risser, Ganyu, Sarr, Chelik, Sangare, Tomasson (Aydara, 73), Yudol, Abdulxamid, Toven (Sotoka, 81), Said (Sima, 72), Eduar (Sen-Maksimen, 60).

Ogohlantirishlar: Uttara (4), Enkiso (79) — Tomasson (45), Yudol (87).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ