logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» sport direktori Chempionlar ligasi qur'asi natijalariga munosabat bildirdi

 27 FEVRAL, 2026, 22:42

«Barselona» sport direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Deku Chempionlar ligasi qur'asi natijalari bo'yicha o'z fikrlarini aytdi. Eslatib o'tamiz, 1/8 finalda «ko'k-anorranglilar» Angliyaning «Nyukasl» jamoasi bilan bahslashishi ma'lum bo'ldi. O'yinlar 10 va 18 mart kunlariga belgilangan.

«Bu biz uchun qiyin qur'a bo'ldi. Raqib sifatida boshqa ikki jamoa tushishi ham mumkin edi va bu ham oson bo'lmasdi. «Nyukasl» — juda noqulay stadionga ega bo'lgan murakkab raqib», — deya Dekuning so'zlarini keltiradi Diario Sport.

Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko'ra, Xans-Diter Flik shogirdlari sakkizta o'yinda 16 ochko jamg'arib, beshinchi o'rinni egallashgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ