Kasado kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi
27 FEVRAL, 2026, 21:54
Mark Kasadoning "Barselona"dagi kelajagi borasida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi. Bir nechta xorij klublari futbolchiga taklif bilan chiqishgan. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Biroq futbolchi Kataloniya klubini tark etishni istamayapti. Kasado "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga juda yaqin turibdi.
Ushbu mavsumda Mark Kasado "Barselona" safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yarim himoyachi hisobida bitta golli uzatma mavjud.
