Rosenor "PSJ"ga qarshi o'yini haqida: "Bunday o'yinlar uchun futbolda yashaysan"
27 FEVRAL, 2026, 19:18
Chempionlar ligasi 1/8 finalida "Chelsi"ning raqibi "PSJ" bo'ldi. London klubi bosh murabbiyi Liam Rosenor qur'a natijalariga izoh berdi.
"Juda hayajondaman. "PSJ" — fantastik jamoa. Menda Frantsiyada ularga qarshi o'ynash tajribasi bor. Men ularni doim hurmat qilganman. Luis Enrike aql bovar qilmaydigan ishni amalga oshirdi. Bu shunday o'yinlarki, ular uchun futbolda yashaysan, ular uchun futbolga kirib kelasan. Bu ajoyib bahs bo'ladi. Ammo ungacha biz diqqatimizni qaratishimiz kerak bo'lgan yana uchta o'yinimiz bor", — dedi Rosenor matbuot anjumanida.
"PSJ" — "Chelsi" juftligi g'olibi chorak finalda "Galatasaroy" yoki "Liverpul" jamoalaridan biri bilan to'qnash keladi.
