"Manchester Siti" va "Real" ketma-ket beshinchi yil pley-offda to'qnash kelishmoqda — bu rekord!
27 FEVRAL, 2026, 17:54
"Manchester Siti" va "Real Madrid" jamoalari Chempionlar ligasi pley-off bosqichida ketma-ket beshinchi marta o'zaro ro'baro' kelishmoqda.
Opta ma'lumotlariga ko'ra, bu musobaqa tarixidagi mutlaq rekorddir. EChL 1/8 final o'yinlari 10-11 va 17-18 mart kunlari bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, avvalgi to'qnashuvlar quyidagicha yakunlangan:
2022 yilda yarim finalda "Real" g'olib bo'lgan (3:4, 3:1);
2023 yilda yana yarim finalda APL klubi ustun kelgan (1:1, 4:0);
2024 yilda chorak finalda ispanlar keyingi bosqichga chiqishgan (3:3, 1:1, penaltilar seriyasi — 4:3);
2025 yilda o'tish bosqichida yana "Real" g'alaba qozongan (3:2, 3:1).
