logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik de Yongning jarohatiga munosabat bildirdi

 27 FEVRAL, 2026, 17:48

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong jarohat olib, kamida aprel oyigacha safdan chiqdi. Kataloniya klubi niderlandiyalik futbolchining tiklanishi uchun taxminan besh-olti hafta vaqt kerakligini ma'lum qildi. "Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xansi Flik de Yongning yo'qotilishi borasida o'z fikrlarini bildirdi.

"Futbolchi, ayniqsa Frenki kabi yuqori saviyadagi o'yinchi maydonga tusha olmasligi biz uchun yoqimsiz holat. Bu qiyin vaziyat, ammo shu bilan birga, boshqa futbolchilar uchun o'zlarini ko'rsatishga imkoniyat beradi", — dedi Flik juma kungi matbuot anjumanida.

Qishning so'nggi oqshomida "Barselona" Ispaniya chempionati doirasida "Vilyarreal"ga qarshi o'z uyida bahs olib boradi. "Kamp Nou" stadionidagi o'yin 28 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ