logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ronaldu Angliyaga qaytishi mumkin?!

 27 FEVRAL, 2026, 13:32

"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronalduni Evropaga qaytishi bilan bog'lashda davom etishmoqda.

Fevral oyi boshida portugaliyalik futbolchi boykot uyushtirib, jamoasining ikki o'yinini o'tkazib yuborgandi. Ammo keyin tarkibga qaytdi va Saudiya Arabistonida qolish niyati borligini aytdi. 

SHunga qaramay, "Football Insider"ning xabar berishicha, 41 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatni bu kabi bitimni ko'tara oladigan Evropa klublaridan biri "CHelsi" kuzatib bormoqda. "Ko'klar" rahbariyati superyulduz bilan shartnoma imzolashni katta tijoriy foyda olib keladi deb hisoblamoqda.

Krishtianu Ronalduning "Al Nassr" bilan bitimi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali esa uning transfer qiymatini 12 mln evroga baholayapti.

Avvalroq Ronaldu Ispaniya klubi egalaridan biriga aylangan edi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ