Angliyaning birorta klubi evrokuboklardan chiqib ketgani yo'q
27 FEVRAL, 2026, 13:24
Hozirga kelib Angliyaning biror bir jamoasi evrokuboklarni tark etgani yo'q.
Joriy mavsumda UEFA turnirlarida APL sharafini jami to'qqizta klub himoya qilmoqda. «Arsenal», «Liverpul», «Tottenxem», «Chelsi», «Manchester Siti» va «Nyukasl» Chempionlar ligasining 1/8 finaliga qadar etib kelishdi.
«Aston Villa» va «Nottingem Forest» Evropa ligasining aynan shu bosqichiga yo'l olishgan bo'lsa, Konferentsiyalar ligasining 1/8 finalida «Kristal Pelas» ishtirok etadi.
