logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nima uchun UFC'da Emelyanenko - Velaskes jangi amalga oshmaganini aytildi

 27 FEVRAL, 2026, 13:16

UFC sharhlovchisi Jo Rogan Fyodor Emelyanenko va Keyn Velaskes o'rtasidagi jang nega tashkil etilmaganini aytdi.

Uning so'zlariga ko'ra, UFC Yaponiyaning Pride Fighting Championships promoushenini sotib olganida, jangchilar shartnomalari, jumladan Fyodorniki ham, yuridik jihatdan haqiqiy emasligi malum bo'lgan.

"Muxlis sifatida bizni shunchaki "uxlatib" ketishdi. Biz tarixdagi eng buyuk qarama-qarshiliklardan biridan mahrum bo'ldik. Fyodor o'sha payt hammani mag'lub etayotgan edi — u kurashardi, tik turishda barchani yiqitardi, mukammal edi. Va bu aynan Keyn Velaskes eng yuqori cho'qqida turgan vaqt edi. Bu hamma kutayotgan jang edi.

Ammo UFC’da Fyodor bilan shartnoma bo'lmagan edi. CHunki Pride shartnomalari haqiqiy bo'lib chiqmadi. Ularda rus yigitlari bilan kelishuv bor edi. Ular promoushendan ulush talab qilishdi, juda ko'p narsa istashdi. UFC bunga tayyor emas edi. Vaziyat juda keskinlashdi, hatto qo'riqlashni kuchaytirishga to'g'ri keldi — ahvol haqiqatan ham xavfli edi. Biz shu tariqa bu jangdan mahrum bo'ldik", — dedi Rogan.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ