logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Neymar: «Bu Vini uchun»

 27 FEVRAL, 2026, 12:00

«Santos» futbolchisi Neymar Braziliya chempionatidagi golini Vinisius Junior uslubida nishonladi.

34 yoshli hujumchi «Vasko da Gama»ga qarshi bahsda dubl qayd etdi va «Santos»ning 2:1 hisobidagi g'alabasini ta'minladi. O'yindan so'ng futbolchi nima uchun Vinisiusning raqsini takrorlashga qaror qilganini tushuntirib berdi.

«Bu Vini uchun. U Portugaliyada «Benfika» darvozasiga gol urganidan keyin men unga shunday degandim: agar «Bernabeu»da ham gol ursang, shu ishni takrorla, men ham gol urganimda seni qo'llab-quvvatlayman», — deya Neymarning so'zlarini keltirmoqda Madrid Xtra.

Eslatib o'tamiz, Vinisiusning o'sha raqsi anchagina shov-shuv va e'tirozlarga sabab bo'lgan edi: «Benfika» vakillari buni provokatsiya sifatida qabul qilishgan, Lissabon klubi ustozi Joze Mourino esa «qaymoqranglilar» yulduzining xatti-harakatidan ochiqchasiga noroziligini bildirgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ