logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Messi bilan suratga tushishni istagan fanatlar uni yiqitib yuborishdi

 27 FEVRAL, 2026, 11:24

«Inter Mayami»ning «Independente del Valle»ga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvi yakunida g'alati voqea yuz berdi. Puerto-Rikoda bo'lib o'tgan bahs Amerika jamoasining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Final hushtagi chalinishiga oz qolganda, maydonga Lionel Messi bilan suratga tushmoqchi bo'lgan ishqibozlar yopirilib kirdi. Avvaliga hammasi tinch edi, ammo keyin vaziyat nazoratdan chiqib ketdi: yugurib chiqqan yana ikki nafar fanat superyulduzga qo'l tekkizishni shunchalik xohlashdiki, natijada futbolchini bexosdan yiqitib yuborishdi. «Qoidabuzarlar» zudlik bilan qo'riqchilar tomonidan ushlandi, biroq Leo bundan g'azablanmadi — u o'rnidan turdi va xotirjam yo'lida davom etdi.

Dushanba kuni «Inter Mayami» MLS doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi — raqib «Orlando Siti» jamoasi bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ