logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rayan Garsiya - SHakur Stivensonga: "Sen tomon kelyapman"

 27 FEVRAL, 2026, 10:48

Boks bo'yicha yarimo'rta vaznda (66,7 kg gacha) WBC kamari sohibi Rayan Garsiya to'rt vazn toifasida jahon chempioni SHakur Stivensonga murojaat qildi.

27 yoshli bokschi u bilan jang qilish uchun 63,5 kg gacha tushishga tayyorligini bildirdi va taqiqlangan moddalar istemoli haqidagi ayblovlarga javob qaytardi.

"63,5 kg vazndan xavotir olayotganlarga aytaman: dastlabki rejam shu toifada ham g'alaba qozonish edi.

Agar regidrataciya bandi bo'lmasa, hammasi reja bo'yicha ketadi.

Test har doim shartnomaga kiritiladi, men hech qachon bundan qochmaganman. SHakurning steroidlar qabul qiladi, degan taxmini — bu tuhmat. SHuning uchun bunday bayonotlardan tiyilishingni maslahat beraman. Bilaman, ich-ichingdan qo'rqayapsan va bunga sabab bor. Sen tomon kelyapman.

Xudodan qo'rq", — deb yozdi Garsiya X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ