logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mamardashvilining «Liverpul»dagi kelajagi so'roq ostida

 27 FEVRAL, 2026, 05:54

«Liverpul» darvozaboni Georgiy Mamardashvili jamoadagi zaxira posboni rolidan tobora ko'proq hafsalasi pir bo'lmoqda. «Qizillar»ning asosiy darvozaboni Alissonning shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Bu haqda «TEAMtalk» xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, gruziyalik futbolchi kelayotgan yozda ijaraga ketish variantini ko'rib chiqmoqda. Mersisaydliklar Mamardashvilining kayfiyatidan xabardor qilingan. «Liverpul» rahbariyati 25 yoshli darvozabonni jamoaning kelajagi sifatida ko'rmoqda.

Joriy mavsumda Mamardashvili barcha turnirlarda 11 ta o'yinda ishtirok etdi va ularning 3 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar tuzilgan. «Transfermarkt» portali taqdim etgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 28 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ