logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Prevyu. "Paxtakor" - "Qizilqum"

 26 FEVRAL, 2026, 23:48

"Paxtakor" 2026 yilgi mavsumning ilk turida "Qizilqum"ni qabul qiladi.

Chempionat doirasida jamoalar 52 uchrashuvda maydonga tushishgan. O'zaro o'yinlarda ustunlik jamoamiz tarafida. 43 bahsda yutgan "Paxtakor" 7 bor durang o'ynagan va 2 marta imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 143 gol urilib, 32 to'p o'tkazilgan.

Toshkentdagi o'yinlarning 22tasida jamoamiz g'alaba qozonib, 3 durang va 1 mag'lubiyatni qayd etgan. O'z maydonida "Paxtakor" 9 bor ushbu raqibni yirik natija bilan taslim qilgan. 2007 yil Navoiyda o'tgan bellashuvda "Sherlar" mezbonlar ustidan 11:0 hisobida zafar quchishgan. O'shanda "Paxtakor" hozirgacha chempionatdagi eng yirik g'alabani qo'lga kiritgan.

Bahsni "Paxtakor"dan Bashar Resan diskvalifikatsiya tufayli o'tkazib yuboradi.

"Paxtakor" va "Qizilqum" jamoalari o'rtasidagi bellashuv 27 fevral, juma kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ