logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» «Bolonya» yulduzini sotib olish orqali Yamalga ko'proq dam bermoqchi

 26 FEVRAL, 2026, 23:18

«Bolonya» vingeri Rikkardo Orsolini «Barselona»ning qiziqishlar doirasiga tushdi. Bu haqda Ispaniya OAVlari xabar bermoqda.

Kataloniya klubi yozda Lamin Yamalning ish yuklamasini kamaytirish uchun tajribali o'ng qanot hujumchisi bilan shartnoma imzolamoqchi. Yamalning yoshi va joriy mavsumda maydonda juda ko'p vaqt o'tkazayotganini inobatga olib, agar yuklamalar qat'iy nazorat qilinmasa, futbolchining jarohat olish xavfi ortishidan klub xavotirga tushmoqda.

«Ko'k-anorranglilar» 29 yoshli Orsolinining transferi variantini ko'rib chiqmoqdalar. Ular italiyalik futbolchini ushbu rol uchun ideal nomzod deb hisoblashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ