logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xansi Flik: «Hamma Gvardiola yoki Kroyff kabi o'ynashni istaydi»

 26 FEVRAL, 2026, 21:54

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning o'yin uslubi haqida fikr bildirdi.

«Hamma xuddi Xosep Gvardiola kabi yoki o'z vaqtida Yoxan Kroyff ko'rsatgandek o'ynashni xohlaydi. Bu men o'z faoliyatimning boshida o'rgangan narsalardir. Futbolchilik va murabbiylik faoliyatim davomida biz doimo «Barselona»ga va uning qanday o'ynashiga e'tibor qaratganmiz. Bu biz uchun ushbu falsafa bilan birga rivojlanish va o'sish borasida yaxshi namuna bo'lgan», — dedi Flik «Barselona» klub telekanaliga bergan intervyusida.

Xans-Diter Flik hozirgacha «Barselona» boshqaruvida 99 ta o'yin o'tkazdi. Ispaniya La Ligasi doirasidagi «Vilyarreal»ga qarshi bo'lajak bahs u uchun yubiley — 100-uchrashuvga aylanadi. O'yin shanba kuni, 28 fevral kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ