Chempionlar ligasida hafta ramziy jamoasi e'lon qilindi
26 FEVRAL, 2026, 21:42
Chempionlar ligasida yaqindagina o'tish bosqichining javob o'yinlari yakunlandi. UEFA ushbu bahslarda eng yaxshi harakat qilgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani taqdim etdi. Jamoa tarkibi quyidagicha ko'rinish olgan:
Darvozabon: Oblak («Atletiko»).
Himoyachilar: Dzappakosta («Atalanta»), Bortuft («Budyo-Glimt»), Tapsoba («Bayer»), Makkenni («Yuventus»).
Yarim himoyachilar: Tchuameni («Real»), Tonali («Nyukasl»), Xyouge («Budyo-Glimt»), Kvaratsxeliya («PSJ»).
Hujumchilar: Syorlot («Atletiko»), Osimxen («Galatasaroy»).
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Syorlot Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Norvegiyalik hujumchi «Bryugge»ga qarshi kechgan uy uchrashuvida xet-trik qayd etdi.
