logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Meni falaj qilib qo'yishi mumkin edi". Oliveyra faoliyatini yakunlashi mumkin bo'lgan jangni esladi

 26 FEVRAL, 2026, 18:32

UFC sobiq chempioni CHarlz Oliveyra 2015 yilda Maks Xolloueyga qarshi o'tkazgan ilk jangda olgan jarohatini esladi.

Las-Vegas (AQSH) shahrida bo'lib o'tadigan va ularning revanshi asosiy jang sifatida o'tkaziladigan UFC 326 turniri oldidan braziliyalik sportchi o'sha paytda faoliyati uchun jiddiy xavotir olganini tan oldi.

Eslatib o'tamiz, jangchilarning birinchi to'qnashuvi muddatidan avval yakunlangan edi — Oliveyra jarohat olganidan so'ng uni zambilga solib arenadan olib chiqishgan.

"Jang vaqtida tanamning chap tomoni harakatsiz bo'lib qoldi. Nima bo'lgani aniq emas edi, shuning uchun qizilo'ngach va boshqa narsalar haqida gap-so'zlar tarqaldi. Aslida esa bu bo'yin jarohati edi. SHu sababli meni falaj qilib qo'yishi mumkinligi haqida ham gapirishdi. Demak, bu hazil emas edi. Tez yordam mashinasida yigitlar tomchi ulagich qo'yishga urinishardi, ammo men chap tomonimni umuman his qilmasdim. O'sha paytda faoliyatim tugadi, deb qattiq qo'rqqandim", — dedi Oliveyra New York Post Sports kanaliga bergan intervyusida.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ