logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Benzema qancha vaqtda tiklanishi ma'lum bo'ldi

 26 FEVRAL, 2026, 16:48

Saudiyaning «Al-Hilol» klubi hujumchisi, frantsuzlik Karim Benzema son yaqinlashtiruvchi mushagidan jarohat oldi va vaqtincha safdan chiqdi.

Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, 38 yoshli futbolchi kamida 10-15 kunni o'tkazib yuboradi. Ushbu jarohat sababli u jamoasining oxirgi o'yinida maydonga tushmadi va ichki hamda xalqaro maydondagi yaqinlashib kelayotgan bahslarni ham o'tkazib yuborish xavfi ostida turibdi.

«Al-Hilol»ning kadrlar bilan bog'liq muammolari faqat bu bilan cheklanmaydi. Shuningdek, Salem Al-Davsarining ham jarohati tasdiqlandi — u son orqa mushagi shikastlanishi sababli taxminan 3-4 haftaga safdan chiqdi. Himoyachi Ali Al-Tambakti esa shunga o'xshash muammo tufayli jamoaning navbatdagi o'yinini o'tkazib yuboradi.

Benzema yaqindagina «Al-Hilol» safiga qo'shilgan va tez moslashishga ulgurgan edi: u uchta o'yinda uchta gol va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ