logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dik Advokatning yordamchisi: "Kyurasao terma jamoasidan ketish qarori qiyin bo'lmadi"

 26 FEVRAL, 2026, 16:24

Niderlandiyalik mutaxassis Kor Pot futbol bo'yicha Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi lavozimini tark etganiga izoh berdi.

Avvalroq Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyi Dik Advokat qizining sog'lig'idagi muammolar sababli iste'foga chiqqan edi. Pot ham milliy jamoani Advokat bilan birga tark etdi.

"Bu qaror (Kyurasao terma jamoasidan ketish) men uchun qiyin bo'lmadi, chunki birga boshlagan bo'lsang, birga tugatasan. Janob Advokatning hozirda sog'lig'i joyida", — dedi Pot Odds.ru nashriga bergan intervyusida.

Iyun oyida Kyurasao terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi. Ular guruh bosqichida Germaniya, Kot-d'Ivuar va Ekvador terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ