logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"U ko'rgazmali jangni istagan edi". Pakyao Meyvezer bilan revansh muzokaralari haqida gapirdi

 26 FEVRAL, 2026, 16:16

Filippinlik bokschi Menni Pakyao Floyd Meyvezer bilan revansh bo'yicha muzokaralar ancha oldin boshlanganini aytdi.

Ammo amerikalik sportchi jangning ko'rgazmali xarakterda bo'lishini talab qilgan. Aynan shu omil tomonlarning kelishuvga kelishiga uzoq vaqt to'sqinlik qilgan.

"U avval ko'rgazmali jangni xohlagan edi, lekin men rozi bo'lmadim. Men haqiqiy jangni istadim — xuddi avvalgisi kabi.

Bu jangdan juda xursandman. SHunday bo'ldiki, men hali ham faolman, u esa faoliyatini yakunlab, yana qaytishga qaror qildi. 2015 yilgi jangdan ko'p narsa o'rgandim. Hozir ikkimiz ham ancha ulg'ayganmiz va bu jangga qanday yondashishni yaxshi tushunamiz. Umid qilamanki, bu safar hech qanday bahonalar bo'lmaydi. Ayniqsa, jismoniy holatim borasida. Men jangga tayyorman", — dedi Pakyao ESPN telekanalidagi Sports Center dasturida.


comhttps://img.championat.com/ ... 5.jpg class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ