"Manchester Siti" afsonasi Husanovning darajasini yuqori baholadi
26 FEVRAL, 2026, 15:48
"Manchester Siti" sobiq o'yinchisi Serxio Aguero himoyachi Abduqodir Xusanovning joriy mavsumdagi o'yinlariga yuqori baho berdi."Bu mavsum u juda yaxshi o'yinlar o'tkazdi. Moslashuv jarayonidan o'tdi — endi esa natijalarini ko'ryapmiz.
U kuchli, juda tez va yakkakurashlarda tez-tez g'olib bo'ladi. Husanov atigi 21 yoshda. Demak, "Siti"da navbatdagi yillar uchun ajoyib himoyachi bor", – dedi Aguero.
comhttps://championat.asia/upl ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">
21 yoshli markaziy himoyachi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 23 o'yin o'tkazdi.
Manba: olamsport.com
