logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Palladino: "Biz "Atalanta" uslubida o'yin o'tkazdik"

 26 FEVRAL, 2026, 15:06

Italiyaning "Atalanta" jamoasi bosh murabbiyi Raffaele Palladino Chempionlar ligasi javob o'yinida Germaniyaning "Borussiya" Dortmund klubi ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g'alabadan so'ng, jamoasining 1/8 finalga chiqqani haqida fikr bildirdi. Birinchi o'yinda "Atalanta" 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

"Bu unutilmas oqshom, amalga oshgan orzu. Men har bir futbolchimga, shtabimga va klubning barcha xodimlariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bizni birinchi daqiqadan oxirigacha oldinga boshlagan 23 000 nafar muxlisga alohida rahmat — bu haqiqatan ham aql bovar qilmas darajada edi. Biz bu o'yinga bor kuchimizni: yuragimiz, qalbimiz, xarakterimiz va jasoratimizni bag'ishladik. Biz "Atalanta" uslubida o'yin o'tkazdik va aynan shuning uchun ham bugungi erishgan natijamizdan juda baxtiyormiz", — deya Palladinoning so'zlarini UEFA rasmiy sayti keltiradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ