logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Yuventus» yulduzining maoshini ikki baravarga pasaytirmoqchi

 26 FEVRAL, 2026, 12:54

«Yuventus» o'z tarkibida hujumchi Dushan Vlaxovichni saqlab qolmoqchi.

«Tuttosport» nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Turin klubi hujumchi bilan shartnomani uzaytirishni ustuvor vazifa deb hisoblaydi. Serbiyalik futbolchi mavsum uchun hozirgi 12 million evro miqdoridagi maoshi (plyus bonuslar) saqlanib qolishini so'ramoqda. «Yuventus» esa o'yinchiga yiliga 6 million evrodan ortiq to'lashni istamayapti.

Vlaxovichning o'zi ham «Yuventus»da qolishni afzal ko'rmoqda. Hozircha u boshqa jamoalar bilan muzokaralar olib bormayapti. Har ikki tomon kelishuvga erishishga intilmoqda.

Dushan Vlaxovich 2022 yilda «Fiorentina»dan «Yuventus» safiga 85 million evro evaziga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi 17 ta o'yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ