logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» himoyachisi: «Biz eng zo'rimiz»

 26 FEVRAL, 2026, 12:48

«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya jamoaning o'yin uslubi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Men bizning g'oyamizga va futbolimizga qattiq ishonaman. Menimcha, biz eng zo'rimiz. Albatta, buni maydonda isbotlashimiz kerak, ammo biz Chempionlar ligasida va qolgan barcha sovrinlar uchun g'alaba qozonishga qodir ekanimizga ishonchim komil», — deya Garsiyaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda «Barça Universal».

25-turdan so'ng «Barselona» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 61 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda borayotgan «Real» bilan farq bir ochkoni tashkil etadi.

Shanba kuni, 28 fevral kuni kataloniyaliklar o'z maydonlarida «Vilyarreal»ni qabul qilishadi. Ispaniya chempionatining 26-turidan o'rin olgan ushbu o'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ