logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa Valverdedan nimani kutmoqda?

 26 FEVRAL, 2026, 12:30

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa yarim himoyachi Federiko Valverdening o'yiniga izoh berdi.

Urugvaylik futbolchining ikkita golli uzatmasi «qaymoqranglilar»ga «Benfika» ustidan g'alaba qozonish (2:1) va Chempionlar ligasining 1/8 finaliga chiqishda yordam berdi.

«Fede men bu erga kelgan ilk kunimdanoq o'z darajasini namoyish etib kelmoqda. U — bizning etakchimiz, murabbiy g'oyalarini maydonda aks ettiruvchi o'yinchi. Valverde hatto noqulaylik sezsa ham, doimo o'ynashni xohlaydigan va hech qachon to'xtamaydigan futbolchilardan biridir. Men u bilan faxrlanaman. Uning mening qo'l ostimda ham Anchelotti davridagidek tez-tez gol urib turishini xohlagan bo'lardim», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.

Yarim himoyachi joriy mavsumda «Real» safida 36 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ