logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Safonov: "Juda charchadim"

 26 FEVRAL, 2026, 11:54

Frantsiyaning "PSJ" jamoasi darvozaboni Matvey Safonov jamoasining Chempionlar ligasining keyingi bosqichiga chiqqani haqida fikr bildirdi. Avvalroq parijliklar "Monako" bilan 2:2 hisobida durang o'ynashgan edi va ikki o'yin natijasiga ko'ra (5:4) turnirning 1/8 finaliga yo'l olishdi.

"Bir yil oldin o'z tug'ilgan kunimda Chempionlar ligasida o'ynashimni tasavvur ham qila olmasdim. Super! Ham ma'nan, ham jismonan juda charchadim. Etarlicha og'ir o'yin bo'ldi, lekin bugun Parijda bayram", — dedi Safonov o'zining shaxsiy telegram kanalida e'lon qilingan videoda.

1/8 finalda "PSJ" "Chelsi" yoki "Barselona" bilan to'qnash kelishi kutilmoqda. Qur'a tashlash marosimi ertaga, 27 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ