logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasi delegatsiyasi "Metallurg" klubi va akademiyasida mehmon bo'lishdi

 26 FEVRAL, 2026, 09:36

Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Asqar Jadigerov boshchiligidagi delegatsiya Bekobod shahriga tashrif buyurib, "Metallurg" FK hamda akademiyasi infratuzilmasi, futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan bevosita tanishishdi.

Dastlab klub ofisiga tashrif buyurgan mehmonlar, so'ngra akademiyaning yotoqxonalari, oshxona, sportzal va yangi mavsumda "Metallurg" PFK uy uchrashuvlarini o'tkazishi rejalashtirilgan "Markaziy" stadiondagi holat bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, delegatsiya a'zolari akademiya tarbiyalanuvchilari mashg'ulotlarini olib boradigan "Sport Siti" markazi maydonlaridagi holat bilan tanishishdi.

Mutaxassislar vaziyat, yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi, tegishli maslahatlarini aytib o'tishdi.

Shu bilan birga, Asqar Jadigerov yangi mavsumda "Metallurg"ga PRO-Ligada omad yor bo'lishini tiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ