logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

5:0 hisobidagi g'alabadan so'ng Krishtianu nima dedi?

 26 FEVRAL, 2026, 03:36

«An-Nasr» Saudiya Pro-ligasining navbatdagi turida «Al-Najma» jamoasini 5:0 hisobida mag'lub etib, turnir jadvalida peshqadamlikni qo'lga oldi. Krishtianu Ronaldu uchrashuvning 7-daqiqasidayoq penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

O'yin yakunlanganidan ko'p o'tmay, 41 yoshli Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi post joyladi. Portugaliyalik yulduz o'yindan olingan suratlar to'plamini ikki og'iz so'z bilan izohladi.

«Shu ruhda davom etamiz!» — deb yozib qoldirdi Ronaldu.

Endilikda Krishtianu Ronalduning faoliyati davomida urgan gollari soni 965 taga etdi. 1000 ta gollik marra tobora yaqinlashmoqda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Ronaldu «An-Nasr» bilan shartnomasini uzaytirgan edi — amaldagi kelishuv 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ