logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» EChL 1/8 finalidagi ikki ehtimoliy raqibini bilib oldi

 26 FEVRAL, 2026, 03:30

Chempionlar ligasining hozirgi formatiga ko'ra, pley-off qur'a tashlash marosimida har bir jamoaning ikkitadan ehtimoliy raqibi bo'ladi. O'tish bosqichining bir qator o'yinlari yakunlangach, «Barselona» 1/8 finaldagi o'z raqiblari kim bo'lishi mumkinligini bilib oldi.

Evropaning eng nufuzli klublar turniri nimchorak finalida «Barselona» yoki «PSJ», yoki «Nyukasl» jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu mavsumda «Barselona» allaqachon «Nyukasl»ga qarshi maydonga tushgan — sentyabr oyida umumiy bosqich doirasida kechgan bahsda Xans-Diter Flik shogirdlari Markus Reshfordning dubli evaziga safarda 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

Chempionlar ligasining 1/8 finali va keyingi barcha bosqichlari uchun qur'a tashlash marosimi shu juma kuni, 27 fevral sanasida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ