logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vinisius 2022 yilgi eng yaxshi natijasini yangilash arafasida

 26 FEVRAL, 2026, 03:24

«Real» vingeri Vinisius Junior ketma-ket beshta o'yinda raqiblar darvozasini ishg'ol qildi.

25 yoshli braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi o'tish bosqichi doirasidagi «Benfika»ga qarshi javob uchrashuvida (2:1) o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Vinger golni nishonlash paytida, xuddi dastlabki bahsda bo'lgani kabi, burchak bayroqchasi oldida raqsga tushdi.

Bunga qadar Vinisius «Rayo Valekano» (2:1), «Benfika» (1:0), «Osasuna» (1:2) darvozalariga yo'l topgan va «Real Sosedad» (4:1) bilan o'yinda dublga erishgan edi. Ushbu golli seriya davomida uning hisobida 6 ta gol mavjud.

Shu tariqa, u o'z faoliyatidagi eng yaxshi natijasini takrorladi. Bundan avval 2022 yilning avgust-sentyabr oylarida ham Vinisius ketma-ket beshta o'yinda gol urishga (jami 5 ta gol) muvaffaq bo'lgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ