logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Joze Mourino 12 yildan beri EChL pley-offida g'alaba qozona olmayapti

 26 FEVRAL, 2026, 03:18

Joze Mourino Chempionlar ligasi pley-off bosqichida navbatdagi muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Uning qo'l ostidagi «Benfika» o'tish bosqichi o'yinlarida «Real»ga ikki bor imkoniyatni boy berdi (0:1, 1:2) va 1/8 finalga chiqa olmadi. Portugaliyalik mutaxassis boshqaruvida eng kuchli 16 ta jamoa qatoriga kirgan so'nggi klub 2019/20 yilgi mavsumdagi «Tottenxem» bo'lib turibdi.

Mourino 2014 yildan beri pley-off bosqichida birorta ham o'yinda g'alaba qozona olmayapti. 2013/14 yilgi mavsumda uning «Chelsi»si yarim finalgacha etib borgan edi. Shunga so'ng, 2015/16 yilgi mavsumda «Chelsi» «PSJ» bilan ikkita durangdan keyin (1/8 final), 2017/18 yilgi mavsumda «Manchester Yunayted» «Sevilya»ga qarshi bir mag'lubiyat va bir durang bilan (1/8 final), 2019/20 yilgi mavsumda esa «Tottenxem» xuddi shu bosqichda «Leyptsig»ga ikki bor mag'lub bo'lib, turnirni tark etgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ