"Real" "Arsenal" yulduzi haqida ma'lumot so'radi va javob oldi
25 FEVRAL, 2026, 22:30
Yozgi transferlar vaqtida "Real" markaziy himoyani kuchaytirishi kutilmoqda. Transfer News Live nashrining jurnalist Grem Beyli ma'lumotiga tayanib xabar berishicha, Madrid superklubi "Arsenal" yulduzi Gabriel haqida ma'lumot so'ragan.
"Real"ga tezda Gabrielni o'z tomoniga og'dirib olishning iloji yo'qligini tushuntirishdi. O'tgan yili braziliyalik futbolchi "Arsenal" bilan shartnomasini uzaytirgan edi. London klubida Gabriel asosiy o'yinchilardan biri sifatida ko'rilmoqda.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 28 yoshli Gabrielni 75 million evroga baholamoqda. Braziliyalik futbolchining "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
