Patrik Merkado - "Chelsi"ning yangi maqsadi
25 FEVRAL, 2026, 21:30
Angliyaning «Chelsi» klubi 22 yoshli ekvadorlik yarim himoyachi Patrik Merkado bilan shartnoma imzolash uchun aniq qadamlarni tashladi. Bu haqda «TEAMtalk» nashri xabar bermoqda.
Futbolchi ayni damda Ekvadorning «Independente del Vale» klubi sharafini himoya qilmoqda. Qayd etilishicha, Merkadoga APLning yana bir nechta klublari — «Brayton», «Fulxem» va «Bornmut» da'vogarlik qilmoqda, biroq aynan «aristokratlar» shartnoma imzolashga eng yaqin turishibdi.
Merkado — Ekvador futbolining chiqib kelayotgan yulduzi hisoblanadi. O'tgan yili yarim himoyachi mamlakat milliy terma jamoasida debyut qilgan edi.
