logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Laporta o'z mavqeini yo'qotyaptimi? "Barselona"dagi prezidentlik saylovlarida g'alaba qozonish uchun kim favorit ekanligi ma'lum bo'ldi

 25 FEVRAL, 2026, 20:42

Ispaniyaning mashhur «Mundo Deportivo» nashri «Barselona» prezidentligiga saylovlar arafasida o'z so'rovnomasini o'tkazdi.

500 nafar respondent ishtirok etgan tadqiqot natijalariga ko'ra, «Barselona»ning amaldagi prezidenti Juan Laporta 58,66% ko'rsatkich bilan etakchilik qilmoqda. Avvalgi saylovlarda uni saylovchilarning 60 foizdan ortig'i qo'llab-quvvatlagan edi. Ayni damda u o'z raqobatchilarini sezilarli darajada ortda qoldirmoqda: Viktor Font (20,33%), Mark Siriya (7,33%) va Xavi Vilaxoana (1,33%).

Shuningdek, hali bir qarorga kelmagan saylovchilar soni ham anchagina — 12,33% ni tashkil etmoqda.

«Barselona» prezidentini saylash kuni 2026 yil 15 mart, yakshanba kuniga belgilangan.

Eslatib o'tamiz, Juan Laporta 2021 yilning martidan buyon klub prezidenti hisoblanadi. Bungacha u 2003 yildan 2010 yilgacha ham klubni boshqargan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ