Xedira Kompanining "Bavariya"dagi muvaffaqiyati sababini aytdi
25 FEVRAL, 2026, 18:42
Vensan Kompani 2024 yil yozida «Bavariya» boshqaruvini qo'lga olganida, ko'plab ekspertlar uning tajribasizligini tanqid qilishgan edi.
Biroq belgiliyalik mutaxassis barchani lol qoldirib, jamoani trebl uchun kurashga qaytardi.
Jahon chempioni Sami Xediraning fikricha, Kompanining muvaffaqiyati uning jasorati bilan bog'liq.
«Xarajatlar qisqartirilgani Lennart Karl kabi iste'dodlarga yo'l ochdi. Agar klub Sane yoki Myuller o'rniga 50 million evrolik yulduzlarni sotib olganida, balki Karlning yutuqlari haqida gapirmayotgan bo'lardik. Bu erda futbolchining mehnati bilan birga, unga ishongan Kompanining ham xizmati katta», — deydi Xedira.
