logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Siti" va "Vest Xem" o'rtasidagi o'yin noma'lum muddatga qoldirilishi mumkin

 25 FEVRAL, 2026, 17:48

«Manchester Siti»ning «Vest Xem»ga qarshi bo'lajak safar o'yini Chempionlar ligasidagi ishtirok tufayli noaniq bo'lib turibdi. Uchrashuv 14 mart kuniga belgilangan, biroq «Siti»ning Evrokubokdagi bahsi 11 martga to'g'ri kelsa, o'yin vaqti o'zgartiriladi.

Premer-liganing tushuntirishicha, bu muammo 27 fevraldagi UEFA qur'asidan so'ng oydinlashadi.

Rasmiy bayonotda ta'kidlanishicha, UEFA taqvim bo'yicha hech qanday kafolat bermagan. Bu esa muxlislar va klublar uchun noqulaylik tug'dirib, o'yin vaqtini juda qisqa muddat ichida qayta belgilash xavfini yuzaga keltirmoqda. APL ushbu masalada UEFA bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ