logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xedira: "Barselona"ning uslubi qaltis"

 25 FEVRAL, 2026, 16:24

"Real"ning sobiq yarimhimoyachisi Sami Xedira "Barselona"ning bu mavsumdagi o'yini haqida fikr bildirdi.

"Real"ning asosiy raqibi - "Barselona" ham yaxshi davrni boshdan kechirmayapti. Bu to'g'ri, lekin pasayish har mavsumning bir qismi. Ehtimol, bu ayni muddao bo'ldi: oldinda Chempionlar Ligasi 1/16 final bosqichi bor, keyingi klasiko esa may oyida bo'lib o'tadi, hali vaqt bor.

"Barselona"ning qaltis uslubi bor: agar to'p darvozaga kirmasa va Lamin Yamal formada bo'lmasa, himoyadagi o'yin ularni qutqara olmaydi.

Ko'pincha chempionlikni himoyachilar qo'lga kiritadi, deyishadi, ammo "Barselona"da faqat hujum g'alaba qozonadi.

Xansi Flik odatda natija keltiradigan dadil uslubga tayanadi", - dedi Sami Xedira.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ