Grizmannga 3 yillik shartnoma taklif qilindi
25 FEVRAL, 2026, 15:36
«Atletiko Madrid» safida to'p surayotgan 34 yoshli frantsuz hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniyani AQShga almashtirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, «Orlando Siti» yulduzli futbolchi bilan muzokaralarga kirishgan. MLS klubi Grizmannga uch yillik mehnat shartnomasini taklif qilgan.
Antuanning «matraschilar» bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi Madrid jamoasi safida 22 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga oltita gol yozdirib qo'ydi. Uning bozor qiymati 11 million evroga baholanmoqda.
