logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lukman «Atletiko»da o'zini ko'rsatmoqda: Simeone nigeriyalik hujumchini maqtadi

 25 FEVRAL, 2026, 13:24

Nigeriyalik hujumchi Ademola Lukman Madridning «Atletiko» klubidagi ilk o'yinlaridayoq o'zini juda yorqin ko'rsata oldi. Uning harakatlaridan klub ustozi — mashhur argentinalik mutaxassis Diego Simeone juda mamnun. U Lukmanni alohida iqtidorga ega futbolchi deb atadi.

«Uning xususiyatlari boshqa o'yinchilarimiznikidan farq qiladi. Bizda asosan jamoaviy futbolchilar yig'ilgan bo'lsa, u individual harakatlar ustasidir. Ammo aynan shu jihat raqiblar uchun kutilmagan tarzda o'yin ko'rsatishimizga imkon beradi. Lukman allaqachon jamoa salohiyatiga kuchli impuls olib kirdi», — deya Simeonening so'zlarini «derbyderbyderby.it» nashri keltirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Lukman bunga qadar bir necha yil davomida Italiyaning «Atalanta» klubi sharafini himoya qilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ