logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Qorabog'» Evropa Chempionlar ligasi tarixidagi eng yomon natijani qayd etdi

 25 FEVRAL, 2026, 12:24

Ozarbayjonning «Qorabog'» jamoasi 2025/2026 yilgi mavsum UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida «Nyukasl Yunayted»ga ikki o'yin natijasiga ko'ra 3:9 (1:6, 2:3) hisobida imkoniyatni boy berdi va asosiy evrokubok musobaqasi tarixida bir mavsumda eng ko'p gol o'tkazib yuborish bo'yicha antirekord o'rnatdi. Bu haqda «Opta Sport» statistika portali xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, «Qorabog'» Chempionlar ligasining umumiy bosqichidagi sakkizta o'yin va pley-off raundidagi ikkita bahsda o'z darvozasidan jami 30 ta to'p olib chiqdi. Bu musobaqa tarixida istalgan boshqa jamoaning bir mavsumdagi ko'rsatkichidan ko'pdir. Ilgari hech qaysi jamoa bir mavsum davomida EChLda bunchalik ko'p gol o'tkazib yubormagan edi.

Musobaqaning 1/8 finalida «Nyukasl»ning raqibi «Chelsi» yoki «Barselona» jamoalaridan biri bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ