logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Syorlot «Atletiko» tarixida yangi sahifa ochdi

 25 FEVRAL, 2026, 12:18

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi, norvegiyalik Aleksandr Syorlot 2025/2026 yilgi mavsum UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida Belgiyaning «Bryugge» jamoasiga qarshi kechgan javob o'yinida (4:1) uchta gol urdi. Bu bilan u «qizil-oqlar» safida ilgari asosiy evrokubokda hech kimga nasib etmagan tarixiy natijani qayd etdi. Bu haqda «Opta Sport» statistika portali xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, 30 yoshli norvegiyalik futbolchi «Atletiko» tarixida Chempionlar ligasining pley-off uchrashuvida xet-trik qayd etgan ilk o'yinchiga aylandi. Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, Syorlot «matraschilar» tarixida Chempionlar ligasining bir o'yinida (guruh bosqichini ham hisobga olganda) uchta gol urishga muvaffaq bo'lgan ikkinchi futbolchidir. Bundan avvalgi natija 2014 yilning noyabr oyida guruh bosqichi 5-turi doirasida Gretsiyaning «Olimpiakos» jamoasiga qarshi kechgan bahsda (4:0) xorvatiyalik Mario Manjukich tomonidan o'rnatilgan edi.

Syorlot joriy mavsumda klub safida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ