Kyurasaoni JCh-2026 ga olib chiqqan Advokat katta futbol bilan xayrlashmoqda
25 FEVRAL, 2026, 11:42
Mashhur murabbiy Dik Advokatning ko'p yillik yordamchisi Kor Pot 78 yoshli mutaxassisning kelajagi borasidagi savolga javob berdi.
«Kelajakda yana ishga qaytamizmi? Ochig'ini aytganda, bu bizning oxirgi ishimiz edi», — deya Potning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Odds.ru.
Dushanba kuni, 23 fevral oqshomida Advokat Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Pot ham u bilan birga milliy jamoani tark etdi.
Niderlandiyalik mutaxassis Kyurasaoni 2024 yildan beri boshqarib kelayotgan edi. Uning qo'l ostida jamoa JCh-2026 final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
