logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Prestianni Vinisiusning haqoratini o'z himoyasi uchun dalil sifatida ishlatmoqchi

 24 FEVRAL, 2026, 21:54

UEFA Vinisius Junior Janluka Prestiannini irqchilikda ayblagan «Benfika» — «Real» uchrashuvidagi mojaroni hali to'liq o'rganib chiqqani yo'q. Shunga qaramay, «Benfika» futbolchisi allaqachon bitta o'yinga vaqtinchalik diskvalifikatsiya qilindi. Bunga diskriminatsiya holati dastlabki tarzda aniqlangani sabab bo'lgan.

The Times jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, Prestianni o'z himoyasi doirasida Vinisius birinchi bo'lib uni «pakana» deb haqorat qilganini da'vo qilmoqchi. Biroq, bu irqchilik harakati uchun salmoqli oqlov bo'la olmaydi deb hisoblanmoqda.

Ma'lumot uchun, Janluka Prestiannining bo'yi ancha past — 166 santimetrni tashkil etadi.

Eslatib o'tamiz, «Real» safarda «Benfika»ni 1:0 hisobida mag'lub etgan edi. Madriddagi javob uchrashuvi ertaga, chorshanba kuni (25 fevral) bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ