logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa Prestiannining diskvalifikatsiyasiga munosabat bildirdi

 24 FEVRAL, 2026, 18:42

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi doirasida «Benfika»ga qarshi bo'lib o'tadigan javob uchrashuvi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida raqib hujumchisi Janluka Prestiannining Vinisius bilan bog'liq irqchilik mojarosi fonida vaqtincha chetlatilgani haqida fikr bildirdi.

«Biz buni kiyinish xonasida muhokama qilmadik. Mening fikrim o'zgarmas — bizda irqchilikka zarba berish imkoniyati bor. UEFA har doim bu kurashni qo'llab-quvvatlab kelgan va endi sezilarli natijalarga erishish uchun qulay imkoniyatga ega. Vini birinchi o'yinda chiroyli, fantastik gol urdi. Uning qilgan yoki qila oladigan hech bir harakati irqchilikni oqlay olmaydi», — dedi Alvaro Arbeloa.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ